ABDUSAID KO'CHIMOV "BOYCHECHAK" HIKOYASINING BADIY TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20196275Keywords:
Zamonaviy bolalar nasri, badiiy jarayon, psixologik realizm, tabiat tasviri, bolalar nasri, milliy an'analar, Abdusaid Ko'chimov, "Boychechak", badiiy tahlil, pedagogik ahamiyat.Abstract
Ushbu maqola zamonaviy o'zbek bolalar nasrining rivojlanish tendensiyalarini, badiiy-estetik o'ziga xosliklarini va zamonaviy adabiy jarayondagi o'rnini tadqiq etishga bag'ishlanadi. Asosiy e'tibor mustaqillik davri bolalar adabiyotidagi mavzu boyligi, janr xilma-xilligi, psixologik realizm, tabiat va inson munosabatlarining ifodasi hamda zamonaviy bolalar ruhiyatiga murojaatga qaratiladi. Maqolada zamonaviy o'zbek bolalar adabiyotining yetakchi namoyandalaridan biri Abdusaid Ko'chimov ijodi, xususan, "Boychechak" hikoyasi misolida bolalar nasriy asarlarining o'ziga xos badiiy xususiyatlari alohida tahlil qilinadi.