SURXONDARYO VILOYATINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA EKSPORT SALOHIYATIDAN FOYDALANISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/Keywords:
Eksport salohiyati, barqaror rivojlanish, Surxondaryo, Termiz xalqaro savdo markazi, agrar eksport, logistika, diversifikatsiya, tashqi savdo aylanmasi.Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining eksport salohiyatini oshirish orqali mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash masalalari tadqiq etilgan. Viloyatning o‘ziga xos tabiiy-iqlim sharoitlari, geostratejik joylashuvi va agrar salohiyati eksportni diversifikatsiya qilishda asosiy omil sifatida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida viloyatning 2023-2025-yillardagi tashqi savdo aylanmasi, eksport tarkibi va asosiy hamkor davlatlar bilan aloqalari statistik ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Xususan, Termiz xalqaro savdo markazining Janubiy Osiyo bozorlariga chiqishdagi roli va meva-sabzavotchilik klasterlarining samaradorligi baholandi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, viloyat eksportida oziq-ovqat mahsulotlari (44.7%) va tayyor buyumlar (20.3%) yetakchi o‘rin tutadi. Maqolada eksport hajmini oshirishdagi mavjud to‘siqlar, jumladan, logistika xarajatlari va xalqaro sertifikatlash masalalari muhokama qilingan. Yakunda Surxondaryo viloyatining eksport salohiyatini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va barqaror rivojlanish modellari ishlab chiqilgan.
References
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: Tasvir, 2022. – 120 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (2023 yil yanvar-dekabr). – Toshkent, 2024.
3. Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi. Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati (2024 yil yanvar-avgust). – Termiz, 2024.
4. Abulqosimov H.P. Iqtisodiy xavfsizlik. – Toshkent: Akademiya, 2012. – 230 b.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son Farmoni. "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi to‘g‘risida.
6. To‘rayev B.E. Surxondaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasini trend modellari orqali modellashtirish // Universal Publishings. 2024. Vol. 2. Issue 4.
7. Rikardo D. Siyosiy iqtod va soliqqa tortish tamoyillari. – London: John Murray, 1817 (tarjima).
8. G‘ulomov N.M. Hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy mexanizmlari. – Toshkent: Fan, 2018.
9. Review.uz. Infografika: Surxondaryo viloyatining 2025 yildagi tashqi savdo aylanmasi tahlili. 2026. 26 fevral.
10. UZA.uz. Surxondaryo: eksport ulushi 64 foizdan oshdi. 2026. 27 fevral.
11. Gazeta.uz. Termizdagi xalqaro savdo markazi hududi kengaytiriladi. 2026. 27 fevral.
12. AgroWorld Uzbekistan. Surxondaryo 2025 yilda 44 ming tonna qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qildi. 2025.
13. Kursiv Media. «Termiz xalqaro savdo markazi» orqali $15,5 millionlik eksport amalga oshirildi. 2024. 21 dekabr.
14. To‘qsonov X.E. Ekonometrik tahlil orqali Surxondaryo viloyatida investitsiyalar dinamikasini baholash // Cyberleninka. 2025.
15. Lex.uz. "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori. 2022.