JADIDCHILIK HARAKATINING SHAKLLANISHIDA TA’LIM TIZIMI VA IJTIMOIY-SIYOSIY OMILLAR
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18933122Keywords:
jadidchilik, ma’rifatparvarlik, ta’lim islohoti, madrasalar, mustamlakachilik, siyosat, ilm-fanAbstract
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston hududida yuzaga kelgan jadidchilik harakati jamiyatni isloh qilishga qaratilgan muhim ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada jadidchilik harakatining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy shart-sharoitlar, xususan an’anaviy ta’lim tizimidagi inqiroz, mustamlakachilik siyosati va ijtimoiy muhit tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tarixiy manbalar, jadid mutafakkirlarining asarlari hamda zamonaviy tadqiqotchilar qarashlari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, jadidchilik harakati jamiyatdagi ilmiy va ma’naviy tanazzulga javoban yuzaga kelgan bo‘lib, u ta’lim tizimini isloh qilish, ilm-fanni rivojlantirish va jamiyatni modernizatsiya qilishga qaratilgan edi. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, jadidchilik Turkiston jamiyatida ijtimoiy yangilanish va milliy uyg‘onish jarayonlarining muhim bosqichi hisoblanadi.
References
Aбдурауф Фитрат. Танланган асарлар 2 жилд. Бухоронинг ҳол и. T.: «Маънавият», 2003. -B:200.
Boymirza Hayit, Sovet Ittifoqida turkiylik va islomning ayrim masalalari, Istanbul: Turk dunyosi tadqiqotlari fondi nashri, 1987.-B: 81.
Erşahin Seyfettin, Türkistan’da İslâm ve Müslümanlar, ankara:Türkiye Diyanet Vakfı Yayınları, 2007.-B:57,58.
Erşahin Seyfettin, Türkistan’da İslâm ve Müslümanlar, ankara:Türkiye Diyanet Vakfı Yayınları, 2007. -B:65.
Odilqoriyev X.T, Razzoqov D.X. Siyosatshunoslik: Darslik. –T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. -B:73.
Somuncu oğlu Tümen B. (2014). Çarlık Rusyası Dönemi Türkistanı'nda İslam ve Moderleşme, TSA / YIL: 18 S: 2, Ağustos 2014 -B:235.
Ахмад Дониш. Рисола ёхуд манғитлар хонадони салтанатининг қисқача тарихи.-Тошкент: “Ўзбекистон миллий эециклопедияси”, Давлат илмий нашриёти, 2014. -B:19.