OBRAZLI TAFAKKUR- BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRUVCHI VOSITA
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17875347Abstract
Tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo‘lib, obyektiv borliqning ongda aks etish jarayonidir. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to‘la va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fzilogik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o‘zaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g‘oya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi.
References
Baratov Sh. O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari. – T.: O‘qituvchi, 1995-y. – B 418,236-bet.
Berdiyeva O. Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar // Xalq ta’limi. – Toshkent. – 2003-y.–№1 . – B 225,104-bet.
Karimova V.M., Hayitov O.E., Akramova F.A., Lutfullayeva N.X. Umumiy psixologiya. Darslik. – T.: TDIU, 2010-y.– B289, 81-96-betlar.
Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. – T.: Sharq, 2000-y.– B224, 111-bet.