IJTIMOIY TARMOQLARDAGI MANIPULYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20200493Keywords:
Ijtimoiy tarmoqlar, manipulyatsiya, algoritm, media savodxonlik, raqamli texnologiyalar, axborot xavfsizligi, tanqidiy fikrlash, yolg'on axborot, psixologik ta'sir, confirmation bias, availability heuristic, sun'iy intellekt, reklama tizimi, foydalanuvchi xatti-harakati, internet madaniyati.Abstract
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarda manipulyatsiya mexanizmlarining zamonaviy ko'rinishlari, ularning inson ongiga va kundalik qarorlariga ta'siri tahlil qilingan. Shuningdek, algoritmlar orqali foydalanuvchi xatti-harakatlarini kuzatish, reklama va axborot oqimi yordamida sezilmas boshqaruv usullari yoritilgan. Taksi ilovalari va ijtimoiy tarmoqlar misolida raqamli manipulyatsiyaning amaliy jihatlari ochib berilib, media savodxonlik, tanqidiy fikrlash hamda axborotni tekshirish ko'nikmalarining ahamiyati asoslab berilgan. Muallif ongli va mas'uliyatli media iste'moli manipulyatsiyaga qarshi eng samarali vosita ekanini ta'kidlaydi.