ANVAR OBIDJON IJODIDA FONETIK TAHLIL

Authors

  • N.N Hamroyeva
  • Feruzabonu A'zamova

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.20096440

Keywords:

Anvar Obidjon, fonetik tahlil, fonetika, tovush uyg'unligi, alliteratsiya, assonans, ritm, ohangdorlik, talaffuz, fonetik vositalar, badiiy ifoda, emotsional-ekspressivlik, she'riyat, bolalar adabiyoti, lingvistik birliklar, obrazlilik, stilistika, nutq ohangi, tovush takrori.

Abstract

Anvar Obidjon ijodining fonetik xususiyatlari lingvopoetik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoir asarlarida tovush uyg‘unligi, alliteratsiya, assonans, ritm va intonatsiyaning badiiy-estetik vazifalari yoritiladi. Anvar Obidjon ijodi, ayniqsa bolalar adabiyoti kontekstida, fonetik vositalarning ta’sirchanlikni oshiruvchi muhim omil ekanini ko‘rsatadi. Maqolada shoir she’riyatida tovushlarning takrorlanishi orqali hosil bo‘ladigan musiqiylik, ohangdorlik va emotsional ifoda imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, fonetik birliklarning obraz yaratishdagi o‘rni, nutqning ritmik tuzilishi hamda ma’no kuchaytirishdagi funksiyasi aniqlanadi. Tadqiqot davomida fonetik vositalarning nafaqat lingvistik birlik, balki badiiy-estetik vosita sifatida ham xizmat qilishi asoslab beriladi.

Published

2026-05-09

How to Cite

Hamroyeva, N., & A'zamova, F. (2026). ANVAR OBIDJON IJODIDA FONETIK TAHLIL. Development of Pedagogical Technologies in Modern Sciences, 5(6), 92-97. https://doi.org/10.5281/zenodo.20096440