ISLOM MOLIYAVIY INSTITUTLARI VA ULARNING O'ZBEKISTON MILLIY IQTISODIYOTI BARQAROR RIVOJLANISHIDAGI O'RNI
DOI:
https://doi.org/10.5281/Keywords:
islom moliyasi, murabaha, ijara, mudaraba, musharaka, sukuk, islom banki, investitsiya, O'zbekiston iqtisodiyoti.Abstract
Hozirgi kunda jahon moliya tizimida islom moliyaviy mahsulotlariga bo'lgan talab izchil o'sib bormoqda. Foizsiz, aktivga bog'liq va risk taqsimotiga asoslangan ushbu moliyalashtirish shakli nafaqat musulmon davlatlarida, balki jahon moliya markazlarida ham keng tan olinmoqda. O'zbekiston Respublikasi ham so'nggi yillarda islom moliyasini rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko'targan holda izchil islohotlarni amalga oshirmoqda.