Development and innovations in science https://econferences.ru/index.php/dis
The Dutch open conference that publishes original research and review articles in a variety of fields. The main goal is to offer an intelligent platform for international scientists and to develop interdisciplinary research in applied sciences. Conference languages: Belarusian, Russian, english, Maldaski, Kazaқsha, o’zbek, limba romвnă, Kyrgyz tili, Հայերեն
ru-RU Development and innovations in science ОКСИДАТИВНЫЙ СТРЕСС И ПОЛИМОРФИЗМ SOD2 (Ala16Val) В ПАТОГЕНЕЗЕ ПОРТАЛЬНОЙ ГИПЕРТЕНЗИИ ПРИ ЦИРРОЗЕ ПЕЧЕНИ HCV-ЭТИОЛОГИИ https://econferences.ru/index.php/dis/article/view/37994
Варикозное расширение вен пищевода (ВРВП) является одним из наиболее опасных осложнений портальной гипертензии при циррозе печени HCV-этиологии. Согласно обновлённому консенсусу Baveno VII, клинически значимые варикозно-расширенные вены (II-III степени) выявляются у 40-60% больных ЦП, а риск первого кровотечения составляет 25-35% в течение двух лет (de Franchis R. et al., 2022). Механизмы повышения внутрипечёночного сосудистого сопротивления включают фиброз, синусоидальную капилляризацию и эндотелиальную дисфункцию (DeLeve L.D., 2015). Оксидативный стресс рассматривается как один из универсальных факторов повреждения синусоидального эндотелия при хронической HCV-инфекции, поскольку вирусные белки Core и NS5A нарушают функционирование митохондриальной дыхательной цепи и стимулируют избыточную продукцию супероксидного радикала.
А.Н. Кахаров В.А. Алейник Э.А. Василевский О.Т. Дадабаев Copyright (c) 2026 2026-03-05 2026-03-05 5 3 5 7 BUXORO – SOMONIYLAR DAVLATI MARKAZI https://econferences.ru/index.php/dis/article/view/38006
Mazkur maqolada Somoniylar davrida Buxoro shahrining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti yoritiladi. Unda Buxoroning poytaxt sifatida shakllanishi, davlat boshqaruvidagi o‘rni, savdo va hunarmandchilik rivoji hamda ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, Somoniylar davrida bunyod etilgan me’moriy obidalar va ularning tarixiy ahamiyati haqida ma’lumot beriladi. Maqola orqali Buxoroning o‘sha davrdagi Markaziy Osiyo sivilizatsiyasidagi yetakchi mavqeyi ochib beriladi.
Shahloxon Mamasharifova Copyright (c) 2026 2026-03-06 2026-03-06 5 3 8 11 JIGAR METASTAZLARINI DAVOLASHDA KT NAZORATI OSTIDA AMALGA OSHIRILADIGAN RADIOCHASTOTALI ABLYATSIYA (RCHA) MUOLAJASINING KLINIK SAMARADORLIGI VA XAVFSIZLIGI O‘ZARO MUVOFIQLIGI https://econferences.ru/index.php/dis/article/view/38018
Jigar metastazlari onkologik kasalliklarning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan biri hisoblanadi va u ko‘pincha yo‘g‘on ichak, oshqozon osti bezi, ko‘krak bezi va boshqa o‘smalarning metastatik tarqalishi natijasida rivojlanadi. Zamonaviy onkologiyada minimal invaziv davolash usullarining ahamiyati ortib bormoqda. Radiochastotali ablyatsiya (RCHA) jigar o‘smalarini davolashda keng qo‘llaniladigan termik destruksiya usullaridan biri bo‘lib, u yuqori chastotali elektr energiyasi yordamida o‘smali to‘qimani koagulyatsion nekrozga uchratishga asoslangan. KT nazorati ostida bajariladigan RCHA o‘smaga elektrodni aniq joylashtirish va ablyatsiya zonasini nazorat qilish imkonini beradi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, kichik o‘lchamli metastatik o‘smalarda RCHA yordamida lokal nazorat darajasi 80–90% ga yetishi mumkin. Shu bilan birga, minimal invazivlik, qisqa reabilitatsiya davri va kam asoratlar RCHA usulining klinik amaliyotdagi ahamiyatini oshirmoqda. Ushbu tezisda KT nazorati ostida bajariladigan radiochastotali ablyatsiyaning klinik samaradorligi, xavfsizligi va jigar metastazlarini davolashdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Dilshod Sulaymonov Maftunaxon Muxtorova Copyright (c) 2026 2026-03-06 2026-03-06 5 3 12 18 TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI: IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI https://econferences.ru/index.php/dis/article/view/38051
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston hududida vujudga kelgan jadidchilik harakati mintaqaning ijtimoiy va intellektual taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada jadidchilikning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy hamda ma’rifiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida jadidchilik harakatining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, jadidchilik dastlab ta’lim tizimini yangilash, savodxonlikni oshirish va jamiyat ongini uyg‘otishga qaratilgan ma’rifiy harakat sifatida yuzaga kelgan. Biroq mustamlakachilik siyosati va ijtimoiy-siyosiy sharoit ta’sirida u asta-sekin kengroq ijtimoiy-siyosiy harakatga aylangan. Jadid ziyolilari ta’limni modernizatsiya qilish, diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘unlashtirish hamda jamiyatda faol fuqarolik ongini shakllantirish g‘oyalarini ilgari surganlar. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, jadidchilik faqat ma’rifatparvarlik harakati emas, balki Turkiston jamiyatining modernizatsiyasi va milliy uyg‘onish jarayonlariga asos bo‘lgan keng qamrovli ijtimoiy harakatdir.
Xoldor Patiyev Copyright (c) 2026 2026-03-09 2026-03-09 5 3 19 23 YUQORI QIYALIKLIKDAGI KO‘MIR QATLAMLARINI MEXANIZATSIYALASHGAN KOMPLEKS YORDAMIDA QAZIB OLISH. https://econferences.ru/index.php/dis/article/view/38056
Maqolada mamlakat ichida yuqori qiyalikdagi ko‘mir qatlamlarini  mexanizatsiyalashgan kompleks usulda qazib olishning rivojlanish tarixi hamda sharg’un kon hududidagi ishlab chiqarish amaliyoti umumlashtirilib, tahlil va baholash ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek, yuqori qiyalikdagi ko‘mir qatlamlarini  mexanizatsiyalashgan kompleks qazib olish jarayonida hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan muammolar ko‘rsatib berilgan. Yuqori qiyalikdagi ko‘mir qatlamlarini xavfsiz va yuqori samaradorlik bilan qazib olish uchun zarur bo‘lgan asosiy shart-sharoitlar, qazib olish lavasi (ishchi uchastkasi)ni loyihalashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan masalalar hamda uskunalarni tanlash va ularni o‘zaro moslashtirish tamoyillari bayon etilgan. Natijada to‘rtta muhim tavsiya ilgari surilgan.
S.A. Ziyotov A.L. Haqberdiyev Copyright (c) 2026 2026-03-09 2026-03-09 5 3 24 30 MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY – O‘ZBEK MILLIY UYG‘ONISH DAVRINING YETAKCHI NAMOYANDASI https://econferences.ru/index.php/dis/article/view/38085
Mazkur maqolada XX asr boshlarida Turkistonda yuzaga kelgan milliy uyg‘onish jarayonining yetakchi namoyandalaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, pedagogik qarashlari hamda adabiy merosi haqida so‘z yuritiladi. Jadidchilik harakatining mazmun-mohiyati, uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari va milliy taraqqiyotdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, Behbudiyning dramaturgiya, publitsistika va matbuot sohasidagi faoliyati hamda uning jamiyatni modernizatsiya qilishga qaratilgan tashabbuslari haqida ham so‘z boradi. Maqolada tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida muallifning milliy tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilib, uning merosining bugungi kundagi dolzarbligi asoslab beriladi.
Xulkaroy Abdusalomova Copyright (c) 2026 2026-03-10 2026-03-10 5 3 31 36 UYQU VA GOʻZALLIK GARMONI: MELATONIN https://econferences.ru/index.php/dis/article/view/38093
Ushbu maqolada melatoninning inson organizmidagi biologik ahamiyati, xususan uyqu jarayoni va teri sog‘lig‘i o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Melatoninning epifiz bezida shakllanishi, sirkadiy ritmlarni boshqarishdagi roli, antioksidant xususiyatlari hamda terining qarish jarayoniga ta’siri batafsil yoritiladi. Shuningdek, uyqu gigiyenasi buzilganda melatonin darajasining pasayishi va buning oqibatlari, gormonning tabiiy ravishda oshishiga ko‘maklashuvchi omillar ham tadqiq etiladi. Maqolada melatoninning “go‘zallik gormoni” sifatidagi ilmiy asoslari ochib beriladi.
Oypopuk Ismatilloyeva Gʻiyosiddin Asalov Copyright (c) 2026 2026-03-11 2026-03-11 5 3 37 40 SUN’IY INTELLEKT VA KIBERHUQUQ: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI https://econferences.ru/index.php/dis/article/view/38116
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida ularni huquqiy tartibga solish masalalari, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, sun’iy intellekt yordamida sodir etilishi mumkin bo‘lgan kiberjinoyatlar hamda ushbu texnologiyalardan foydalanishning huquqiy cheklovlari tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida inson huquqlarini himoya qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilish zarurati yoritilgan.
Z.Q. Mirzaxonova Copyright (c) 2026 2026-03-11 2026-03-11 5 3 41 46