JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA, TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA VA OQQ TARQATISHNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH: O‘ZBEKISTONDAGI HUQUQIY MEXANIZMLAR VA RISKGA ASOSLANGAN AMALIY MODEL
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18796103Keywords:
jinoiy daromad, legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish, ommaviy qirgʻin quroli, ichki nazorat, tavakkalchilik, moliyaviy monitoring, AML tizimiAbstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida jinoiy daromadlarni legallashtirish (noqonuniy yoʻl bilan olingan mablagʻlarga qonuniy tus berish jarayoni), terrorizmni moliyalashtirish (terrorchilik faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash) hamda ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish (yadroviy, kimyoviy yoki biologik qurollarni yaratish yoki tarqatishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash)ga qarshi kurashish tizimining huquqiy asoslari yoritiladi. Maqolada maxsus vakolatli davlat organi (moliyaviy operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ), ichki nazorat (tashkilot doirasida shubhali operatsiyalarni aniqlash tizimi), mijozlarni lozim darajada tekshirish (Customer Due Diligence – mijoz shaxsini va faoliyatini chuqur tekshirish tartibi) hamda tavakkalchilikka asoslangan yondashuv (Risk Based Approach – xavf darajasiga qarab nazorat choralarini qoʻllash mexanizmi)ning mazmuni ochib beriladi. Shuningdek, shubhali operatsiyalar (legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish alomatlari mavjud operatsiyalar), operatsiyalarni toʻxtatib turish (mijoz topshirigʻining vaqtincha ijrosini toʻxtatish) va mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish (aktivlarni bloklash) institutlari ilmiy tahlil qilinadi.
References
O‘zbekiston Respublikasi. (2004). Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida (660-II-son, 26-avgust). Toshkent. Mavjud: https://lex.uz/docs/1447367
O‘zbekiston Respublikasi. (2019). O‘RQ-516-son Qonun bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. Mavjud: https://lex.uz/docs/4149589
O‘zbekiston Respublikasi. (2021). O‘RQ-683-son Qonun bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. Mavjud: https://lex.uz/docs/5370948
O‘zbekiston Respublikasi. (2023). O‘RQ-880-son Qonun bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. Mavjud: https://lex.uz/docs/6759374
O‘zbekiston Respublikasi. (2025). O‘RQ-1057-son Qonun bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. Mavjud: https://lex.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2018). PF-5446-son “Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Toshkent. Mavjud: https://lex.uz/docs/3736402
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. (2018). Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida. Toshkent. Mavjud: https://lex.uz/docs/3916378
Salimov, K. Z. o‘g‘li. (2024). Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish. Modern Science and Research, 3(12). https://doi.org/10.5281/zenodo.14555863
Financial Action Task Force (FATF). (2012, updated 2023). International Standards on Combating Money Laundering and the Financing of Terrorism & Proliferation (FATF Recommendations). Available at: https://www.fatf-gafi.org/en/publications/Fatfrecommendations/Fatf-recommendations.html
Eurasian Group on Combating Money Laundering and Financing of Terrorism (EAG). (n.d.). Mutual Evaluation Reports and AML/CFT Standards. Available at: https://eurasiangroup.org
Egmont Group of Financial Intelligence Units. (n.d.). About the Egmont Group. Available at: https://egmontgroup.org