ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISHNING MEHNAT MUHOFAZASINI TA’MINLASHDAGI ROLI
DOI:
https://doi.org/10.5281/Abstract
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini ishlab chiqarish bilan bog‘liq xavflardan himoya qilish davlat ijtimoiy siyosati, mehnat bozori barqarorligi hamda korxonalarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida yuz beradigan baxtsiz hodisalar xodimning mehnat qobiliyati va daromad manbayiga zarar yetkazishi bilan birga, ish beruvchi zimmasida katta hajmdagi moliyaviy majburiyatlarni yuzaga keltiradi. Shu sababli ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish xodimga yetkazilgan zararni kafolatli qoplash, ish beruvchining moliyaviy barqarorligini saqlash va kasbiy tavakkalchiliklarni sug‘urta fondi orqali qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi muhim iqtisodiy-huquqiy mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi (2009). “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-210-son, 16-aprel.
2. O‘zbekiston Respublikasi (2016). “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-410-son, 22-sentabr.
3. Nomozova, Q.I. (2025). Improvement of Capital Requirements in Insurance Companies of Uzbekistan. European Science Review, № 3-4, 38-42-betlar.
4. Ergasheva, F.Sh. (2025). Investitsionnye strategii straxovykh kompaniy kak faktor finansovoy ustoychivosti. Moliya, pul va kredit, № 6, 268-281-betlar.
5. Shennayev, X.M. (2013). O‘zbekiston sug‘urta bozori. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Iqtisod-Moliya, 260 bet.
6. International Labour Organization (2013). Strengthening the Role of Employment Injury Schemes to Help Prevent Occupational Accidents and Diseases. Geneva: International Labour Office.
7. Fishback, P.V. and Kantor, S.E. (1994). Insurance Rationing and the Origins of Workers’ Compensation. NBER Working Paper No. 4943. Cambridge, MA: National Bureau of Economic Research.