YALLIG’LANISH KASALLIKLARINING BEPUSHTLIK RIVOJLANISHDAGI ROLI
DOI:
https://doi.org/10.5281/Keywords:
Bepushtlik, yallig’lanish kasalliklari, reproduktiv salomatlik, ayollar bepushtligi, erkaklar bepushtligi, bachadon naylari obstruksiyasi, surunkali yallig’lanish, spermatogenez buzilishi, ovulyatsiya buzilishi, jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalar, endometrit, salpingit, prostatit, embrion implantatsiyasi, fertilitet.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada bepushtlik rivojlanishida yallig’lanish kasalliklarining etiologic va patogenetik ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Reproduktiv tizim organlarida kechuvchi o’tkir va surunkali yallig’lanish jarayonlari ayollar va erkaklarda fertil funksiyaning buzilishiga olib keluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida bachadon, bachadon naylari, tuxumdonlar, prostata bezi va urug’ chiqaruvchi yo’llarning yallig’lanish kasalliklari natijasida yuzaga keladigan morfologik hamda funksional o’zgarishlar o’rganiladi. Maqolada yallig’lanish jarayonlarining emrion implantatsiyasi, ovulyatsiya, spermatogenez hamda jinsiy hujayralarning transport mexanizmlariga ko’rsatadigon salbiy ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalarning yashirin kechishi va ularning surunkali yallig’lanishga aylanishi natijasida bepushtlik xavfining ortishi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, yallig’lanish kasalliklarini erta tashxislanish va kompleks davolash choralarini qo’llash bepushtlik holatlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST). Bepushtlik va reproduktiv salomatlik bo‘yicha tavsiyalar. – Jeneva, 2020.
2. G‘aniyev A.A., Rahimov B.R. Akusherlik va ginekologiya. – Toshkent: Ibn Sino nomidagi nashriyot, 2019.
3. Islomov Sh.I. Reproduktiv tibbiyot asoslari. – Toshkent, 2021.
4. Novak E., Berek J. Ginekologiya. – Moskva: GEOTAR-Media, 2018.
5. Andrologiya asoslari / tahrir ostida V.V. Bozhedomov. – Moskva, 2017.
6. Dunaevskaya S.S. Tos a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari va ularning asoratlari. – Sankt-Peterburg, 2019.
7. Kulakov V.I., Savel’eva G.M. Akusherlik va ginekologiya bo‘yicha milliy qo‘llanma. – Moskva: GEOTAR-Media, 2020.
8. WHO. Infertility: A global public health issue. – World Health Organization, 2019.
9. Male infertility: causes and management / Human Reproduction Update. – 2018.