MADANIY MEROS BOYLIKLARINING MILLIY MADANIYATDAGI RESURSLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19564129Keywords:
madaniy meros, milliy madaniyat, turizm resurslari, nomoddiy meros, O‘zbekiston, YuNESKO, barqaror turizm.Abstract
Ushbu tezisda madaniy meros boyliklarining milliy madaniyatdagi resurs sifatidagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Madaniy merosning moddiy va nomoddiy shakllari milliy madaniyatning asosiy tayanchi va rivojlanish manbai ekanligi ta’kidlangan. Muallif madaniy merosni nafaqat tarixiy va ruhiy qadriyat, balki iqtisodiy va turizm resursi sifatida ham ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi misolida Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektlar, shuningdek, nomoddiy meros namunalarining (shashmaqom, milliy taomlar, hunarmandchilik) milliy madaniyat va turizm sohasidagi muhim roli tahlil qilingan. Madaniy turizmning iqtisodiy samaradorligi, milliy o‘zlikni mustahkamlashdagi ahamiyati va barqaror rivojlanish masalalari yoritilgan.
References
Norkulova D.Z., Raximov Z.O. Turistik destinatsiyalarni loyihalashtirish: O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: SamISI, 2020. – 188 b.
Raximova Z.I. Madaniy meros va turizm ob’ektlarini ma’lumotlar bazasini yaratish
To‘xliyev I.S. va boshq. Turizm asoslari: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2015–2020-yillar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-131-son, 2022-yil).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori (PQ-4095-son, 2019-yil).