TALABALAR OILA XAQIDAGI TASAVVURLARINING OILA MUSTAHKAMLIGIGA TA’SIRI
Аннотация
Mazkur maqolada talabalarda oila haqidagi tasavvurlar va ularning kelajakdagi oilaviy barqarorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Talabalik davri shaxsning oila haqidagi qarashlari va qadriyatlarini shakllantiradigan muhim bosqichdir. Ushbu qarashlar er-xotin munosabatlari, nikohga tayyorgarlik, muloqot madaniyati va oilaviy barqarorlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Oila jamiyatning asosiy ijtimoiy instituti bo‘lib, uning mustahkamligi har bir shaxsning ongida shakllangan oilaviy qarashlar bilan bog‘liq. Talabalik davri shaxsning dunyoqarashi va qadriyatlar tizimi faol shakllanadigan davr hisoblanadi.Oila munosabatlari deganda biz, ijtimoiy psixologik jihatdan ma’lum guruh munosabatini ya’ni yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi muloqot jarayonini tushunamiz. Bunga eng avvalo, ota-ona va farzand, er va xotin, qaynona va kelin hamda shu kabi oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot munosabatlari tushuniladi. Tarixiy turmush tajribalaridan ma’lumki oiladagi eng nozik va ziddiyatli masalalardan biri bu qaynona va kelin munosabatlardir.
Библиографические ссылки
- O. Eshmuradov. Oila mustahkamligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi 2022 yil
- O.E Eshmuradov - Oilaning ma’naviy-axloqiy xususiyatlari va oila mustahkamligini ta’minlash imkoniyatlari Academic research in educational sciences, 2021 ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
- O.E.Eshmuradov Oilaviy munosabatlarda shaxs moslashuvchanligi xususiyatining oila mustahkamligiga ta’siri: doi: https://doi. 0.53885/edinres. 2021.21. 57.012 Obrazovanie i innovatsionnыe issledovaniya …, 2021