O‘TILADIGAN FAN BO‘YICHA MA’RUZA MATNI LOYIHASINI TAYYORLASH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19184316Keywords:
ma’ruza, ma’ruza matni, ta’lim jarayoni, pedagogik texnologiya, metodologiya, didaktik tamoyillar, o‘qitish metodlari, oliy ta’lim.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada o‘tiladigan fan bo‘yicha ma’ruza matni loyihasini tayyorlashning nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Maqolada ma’ruza mashg‘ulotlarining ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning talabalarga nazariy bilim berishdagi ahamiyati hamda samarali ma’ruza matnini ishlab chiqish tamoyillari yoritilgan. Shuningdek, ma’ruza matnini tayyorlashda qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar, didaktik tamoyillar va metodologik bosqichlar batafsil bayon etilgan. Tadqiqot davomida pedagogik adabiyotlar tahlili, qiyosiy o‘rganish hamda metodik kuzatuv usullaridan foydalanilgan. Natijada ma’ruza matnini tayyorlash jarayonini ilmiy asosda tashkil etish ta’lim sifatini oshirish, o‘qitish jarayonini samarali rejalashtirish hamda talabalarning bilim va tafakkurini rivojlantirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.
References
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2017.
Xodjayev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent, 2016.
Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015.
Azizxo‘jayeva N. Pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2014.