DASTLABKI TERGOV ORGANLARIDA AXBOROT-TAHLILIY FAOLIYATNING MAQSADI VA MOHIYAT
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18481539Keywords:
dastlabki tergov, axborot-tahliliy faoliyat, maqsad va mohiyat, tergov jarayonidagi ahamiyat, qonunchilik tahlili, xorijiy tajriba, takliflar, huquqni muhofaza qilish organlari, jinoyat protsessual kodeksi, axborot texnologiyalari, kriminalistik tahlil, profilaktika tadbirlari, xalqaro hamkorlik.Abstract
ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi dastlabki tergov organlarida axborot-tahliliy faoliyatning maqsadi, mohiyati va tergov jarayonidagi ahamiyatini batafsil o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada milliy qonunchilik asosida faoliyatning huquqiy bazasi tahlil qilinadi, xorijiy davlatlar tajribasi ko'rib chiqiladi hamda uni O'zbekiston qonunchiligiga joriy etishning ahamiyati va asosli takliflari beriladi. Xususan, axborot-tahliliy jarayonlarning tergov faoliyatidagi roli, ularning jinoyatlarni tez va to'liq ochishdagi o'rni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni qo'llash masalalariga alohida e'tibor qaratiladi. Maqola tergov jarayonida axborotni yig'ish, tahlil qilish va qaror qabul qilishning samaradorligini oshirish, shu orqali qonuniylik va huquqni muhofaza qilishni mustahkamlashga qaratilgan.