FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQIDA NIZO PREDMETIGA NISBATAN MUSTAQIL TALABLAR BILAN ARZ QILUVCHI UCHINCHI SHAXSLARNING HUQUQIY HOLATI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11169646Keywords:
uchinchi shaxs, fuqarolik protsessi, huquqiy holat, mustaqil talablar, protsessual maqom, huquq va manfaatlarni himoya qilish, sud jarayonida ishtirok etishAbstract
ushbu maqola fuqarolik protsessual huquqida nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning huquqiy holatiga bag‘ishlangan. Unda nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi shaxslarning boshqa ishtirokchilar bilan o‘xshashligi va farqli jihatlari, nizolarni hal qilishdagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Mavjud qonunchilik normalari tahlil etilib, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ilgari surilgan. Maqolada nazariyada mavjud yondashuvlar, olimlarning fikrlari o‘rganilishi natijasida muallif muayyan xulosalarga keladi. Shuningdek, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi huquqy holati va fuqarolik protsessual huquqida tutgan o‘rni ochib berilgan.