TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH TUSHUNCHASINING TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/Abstract
Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi barcha sohalar qatori huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, jinoyatchilikning yangi shakllari, kiberjinoyatlar, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq tahdidlarning ortib borishi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda an’anaviy usullar bilan bir qatorda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishni taqozo etmoqda. Shu sababli tezkor-qidiruv faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalasi nafaqat amaliy, balki ilmiy-nazariy ahamiyatga ham ega bo‘lib bormoqda.