Перейти к главному меню навигации Перейти к основному контенту Перейти к нижнему колонтитулу сайта

GUVOHNING SUD MAJLISIDAGI PROTSESSUAL MAQOMI BO‘YICHA XALQARO STANDARTLAR: HUQUQIY TAHLIL VA TAQQOSLAMA YONDASHUV

Аннотация

Ushbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi xalqaro huquqiy standartlar asosida o‘rganiladi. Inson huquqlari bo‘yicha muhim xalqaro hujjatlar, jumladan BMTning “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt”, Yevropa inson huquqlari konvensiyasi, Rim statuti va unga tegishli protsessual qoidalar asosida guvohning xavfsizligini ta’minlash, shaxsi va huquqlari himoyasi, shuningdek anonim guvohlik, guvohlikdan bosh tortish huquqi kabi institutlar yoritilgan. Xalqaro tajriba asosida guvohni jismoniy va psixologik himoya qilish, ko‘rsatmalarining xolisligi va ishonchliligini ta’minlash orqali jinoyat protsessining adolatli kechishiga xizmat qiluvchi huquqiy asoslar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro sudlarda guvohlar bilan ishlash amaliyoti va ularning protsessual maqomini mustahkamlashga qaratilgan mexanizmlar o‘z aksini topgan.

Ключевые слова

guvoh, protsessual maqom, xalqaro huquq, guvoh huquqlari, Rim statuti, jinoyat protsessi, guvoh himoyasi, anonim guvohlik, guvohlikdan bosh tortish huquqi, inson huquqlari, adolatli sudlov, xalqaro jinoyat sudi.

PDF

Библиографические ссылки

  1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1948-yil, BMT Bosh Assambleyasi.
  2. “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt”, 1966-yil, BMT.
  3. Yevropa Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiya, 1950-yil.
  4. Rim statuti (Xalqaro jinoyat sudi asosiy hujjati), 1998-yil.
  5. Protsedura va dalillar qoidalari (Rules of Procedure and Evidence) – Xalqaro jinoyat sudi.
  6. “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi, 2019-yil 14-yanvar.
  7. BMTning “Noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan va ommaviy qatllarning oldini olish va tergov qilish tamoyillari”, 1989-yil 24-may.
  8. BMTning 1990-yil Gavana Kongressi materiallari (jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha 8-Kongress).
  9. “Zo‘ravonlik bilan yo‘qolishdan himoya qilish to‘g‘risida”gi deklaratsiya, BMT, 1992-yil.
  10. Beqiri, Romina. Witness Protection in International Criminal Law: Challenges and Perspectives.
  11. Knups, K. Anonymity of Witnesses in International Criminal Trials: Balancing Fair Trial Rights and Security.
  12. Arbia, Silvana. The Role of the ICC Registry in Witness Protection and Support.
  13. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. – Toshkent, 2024.