ADVOKATLARNING MALAKA OSHIRISHIDA ZARURIY KO‘NIKMALAR: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA USTUVOR YO‘NALISHLAR
DOI:
https://doi.org/10.5281/Keywords:
advokat, malaka oshirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish, kasbiy kompetensiya, xalqaro standartlar, muqobillik tamoyili, kasbiy etika, raqamli kompetensiya, sun’iy intellekt, yuridik texnologiyalar.Abstract
Bugungi kunda advokatlar malakasini oshirish tizimini xalqaro standartlar va muqobillik tamoyili asosida takomillashtirish, advokatlarning zamonaviy kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ko‘rsatilayotgan yuridik yordam sifatini oshirishning muhim sharti sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Huquqiy tartibga solishning muntazam takomillashib borishi, sud-amaliyotidagi o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning advokatlik faoliyatiga jadal kirib kelishi bugungi kun advokatidan nafaqat yuqori darajadagi huquqiy bilimlarni, balki keng qamrovli amaliy, raqamli, kommunikativ va etik kompetensiyalarni ham egallashni talab etmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy advokat uchun zarur bo‘lgan asosiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar tahlil qilinib, ularning advokatlar malakasini oshirish tizimidagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijasida zamonaviy advokatlar malakasini oshirish tizimining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va ularni milliy amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy-nazariy hamda amaliy takliflar ilgari suriladi.