ZULFIYA SHE'RIYATIDA SADOQAT VA VAFO TARANNUMI
DOI:
https://doi.org/10.5281/Keywords:
Zulfiya, Hamid Olimjon, marsiya, sadoqat, vafo, o'zbek lirikasi, ayollar poeziyasi, badiiy timsol, xotira, umuminsoniylik.Abstract
Mazkur maqolada o'zbek xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning lirik merosida sadoqat va vafo mavzusining badiiy-estetik talqini keng qamrovda tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida shoiraning umr yo'ldoshi, atoqli shoir Hamid Olimjonga bag'ishlangan marsiyalari — xususan, "Bahor keldi seni so'roqlab", "Xotiram sinig'i" kabi asarlari — turadi; ularning misolida shaxsiy fojiadan umuminsoniy mazmun kasb etgan ishq-muhabbat falsafasi batafsil ochib beriladi. Shuningdek, maqolada Zulfiya ijodidagi sadoqat kontseptsiyasi Sharq mumtoz adabiyoti an'analari — jumladan, dostonchilik zaminida shakllangan vafodorlik g'oyasi — bilan qiyosiy tahlil qilinib, shoiraning bu an'anani XX asr o'zbek ayol lirikasi zaminida qanday yangicha, hayotiy-avtobiografik talqin etganligi ko'rsatiladi. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, struktural-semantik va biografik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Maqola sadoqat tuyg'usining vaqt va xotira orqali abadiylashish jarayonini badiiy-estetik, ruhiy-psixologik va ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan yoritadi.
References
1. Zulfiya. Tanlangan asarlar. — Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2015.
2. Sharafiddinov O. Ijod sehri. — Toshkent: Adabiyot va san'at, 1988.
3. Karimov N. O'zbek adabiyoti tarixi (XX asr). — Toshkent: Universitet, 2010.
4. Qo'shjonov M. O'zbekning zulfi zar Zulfiyasi. — Toshkent: Ma'naviyat, 1999.
5. Hamid Olimjon. Adabiyot haqida. — Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1979.
6. Abdullayev B. Zulfiya she'riyatida bahor motivi // O'zbek adabiyoti jurnali, 2015.
7. Qodirov S. Zulfiya lirikasi va zamonaviylik // Adabiyotshunoslik jurnali, 2018.