Skip to main navigation menu Skip to main content Skip to site footer

KIBERSPORT RIVOJIDA INGLIZ TILINING TA’LIMIY VA METODIK AHAMIYATI HAMDA PROFESSIONAL O‘SISHGA TA’SIRI

Abstract

Kibersport (esports) sohasining tez rivojlanishi va globallashuvi natijasida ingliz tili de-fakto aloqa tiliga aylangan. Mazkur tadqiqot esportsda ingliz tilining ahamiyati, xususan, o‘yinchilar va mutaxassislar uchun kommunikatsiya, professional faoliyat va rasmiy hujjatlarni tushunishda zarurligini tahlil qiladi. CS2 (Counter-Strike 2) o‘yinining jamoaviy formatida ingliz tilida beriladigan buyruqlar, taktik ko‘rsatmalar va trening materiallari o‘yinchilardan til ko‘nikmalarini talab qiladi. Shuningdek, ingliz tilini bilish o‘yin dizaynerlari, lokalizatsiya mutaxassislari, streamerlar va casterlar kabi professional sohalarda ham muhim hisoblanadi. Tadqiqot natijalari e-sports mutaxassislari orasida shartnomalarni o‘qish, murabbiy tushuntirishlarini tushunish, jamoa ichida muloqot va omma oldida nutq bo‘yicha kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatadi. Shu sababli ESP (English for Specific Purposes) kurslari texnik atamalar, strategik muloqot va legal English bo‘yicha maqsadli tayyorgarlikni ta’minlab, o‘yinchilarning professionalizmi va xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Keywords

Kibersport, Global kommunikatsiya, ESP, Shartnoma tushunish, Legal English, CS2, Jamoaviy kommunikatsiya.

PDF

References

  1. Aslam Nurdin Anwar1, Suharyanto1 1 Faculty of Teacher Training and Education, Universitas Muhammadiyah Surakarta, Surakarta, Indonesia
  2. Jeni Peake and Alexandra Reynolds, “There’s a sniper on that hill! Gaming in English as a Global Language Environment.
  3. Hutchinson, T., & Waters, A. (1987). English for Specific Purposes: A Learning-Centred Approach. Cambridge University Press.
  4. Dudley-Evans, T., & St John, M. J. (1998). Developments in English for Specific Purposes. Cambridge University Press.
  5. Crystal, D. (2003). English as a Global Language. Cambridge University Press.
  6. Hamari, J., & Sjöblom, M. (2017). What is eSports and why do people watch it? Internet Research, 27(2), 211–232.
  7. Wagner, M. G. (2006). On the scientific relevance of eSports. Proceedings of the International Conference on Internet Computing.
  8. World Electronic Sports Games (WESG). Official Reports.
  9. O‘zbekiston Kibersport Assotsiatsiyasi. Rasmiy materiallar.
  10. https://medium.com/englishplusmagazine/exploring-the-role-of-english-in-the-global-gaming-community-language-and-cultural-insights-c006a5bfd8a0