RAQAMLI BANKING TIZIMIDA FISHING PLATFORMALARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ULARNI PROAKTIV ANIQLASH ZARURATI
DOI:
https://doi.org/10.5281/Abstract
Bugungi kunda moliya iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi va masofaviy bank xizmatlarining ommalashishi kiber-firibgarlik subyektlarining ham texnik jihatdan takomillashishiga zamin yaratdi. Ayniqsa, tijorat banklari va to‘lov tizimlarining interfeyslarini to‘liq nusxalovchi soxta (feyk) fishing platformalari raqamli ekotizim xavfsizligiga eng jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. An’anaviy himoya vositalari ("qora ro‘yxatlar" yoki reaktiv bloklash) faqatgina zarar yetkazib bo‘linganidan keyin ishga tushayotgani sababli, fishing tizimlarini barvaqt va proaktiv aniqlash usullarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.