OLMOSH SO‘Z TURKUMINING O‘QIB TUSHUNISHGA TA’SIRI
DOI:
https://doi.org/10.5281/Keywords:
o‘qib tushunish, olmosh, kishilik olmoshi, ko‘rsatish olmoshi, ishora qiluvchi birlik, matniy bog‘lanish, lingvistik bilim.Abstract
Ushbu tezisda olmosh so‘z turkumining o‘qib tushunish jarayoniga ta’siri yoritiladi. Matnda olmoshlar takrorning oldini olish, gaplar va fikrlar o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishni ta’minlash, ilgari aytilgan birlik yoki fikrga ishora qilish vazifasini bajaradi. O‘quvchi olmosh qaysi so‘z, jumla yoki mazmuniy birlikka ishora qilayotganini aniqlay olmasa, matn mazmunini to‘liq anglashda qiyinchilik yuzaga keladi. Tezisda o‘quvchilar tomonidan kishilik va ko‘rsatish olmoshlarini tushunish bilan bog‘liq topshiriqlar natijalari tahlil qilinadi. Tahlil asosida olmoshlarning matndagi ishoraviy va bog‘lovchi vazifasini o‘rgatish o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekani asoslanadi.
References
1.Azimova I. Ona tili taʼlimida lisoniy malakani rivojlantirishning
psixolingvistik asosi. Global taʼlim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2019. – B. 215–224.
2.Hakimova N. Oʻqib tushunish malakasini shakllantirishga oid yondashuv va tamoyillar. Ona tili ta’limida o‘qitish va baholash muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2022. – B. 31–33.
3. Mavlonova K. Oʻquvchilarda matnni oʻqib tushunish malakasini
shakllantirish. Global taʼlim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2020.
4. Normuminova D. Oʻqish savodxonligining rivojlanishiga ta’sir etuvchi
omillar. “Lingvodidaktikaning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari toʻplami. 2022.
5. Rayner, K. The perceptual span and peripheral cues in reading. Cognitive Psychology, 7, 1975. 65-81.
6. Yi-jing Zhao. Children's Acquisition of Demonstrative Pronouns in Mandarin Chinese. National Taiwan Normal University, Linguistic Program – Taiwan, 2007. – B. 532–541.
7. Sharopova F. Ona tili ta’limida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy va metodik asoslari. Ped. fan. bo‘yicha fals. dok…ri (PhD) diss. 2025 – B. 134.