PAXTA MOYI ISHLAB CHIQARISH CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASH: KISLOTALI ESTERIFIKATSIYA BOSQICHIDA SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARINI YAXSHILASH
DOI:
https://doi.org/10.5281/Keywords:
paxta soapstocki, chiqindilarni utilizatsiya qilish, kislotali esterifikatsiya, samaradorlik koʻrsatkichlari, parametrlarni optimallashtirish, biodizel.Abstract
Ushbu maqolada paxta moyi ishlab chiqarish korxonalarida hosil boʻladigan asosiy ikkilamchi chiqindi — soapstock (sovunstok) tarkibidagi erkin yogʻ kislotalarini (EYK) biodizel xomashyosiga aylantirish bosqichida samaradorlik koʻrsatkichlarini yaxshilash masalalari tadqiq etilgan. "Xorazm Tex" MChJ yogʻ ishlab chiqarish boʻlinmasi laboratoriyasida olib borilgan tahlillar natijasida, tarkibida 35% EYK (kislota soni ~69.8 mg KOH/g) boʻlgan yuqori kislotali soapstockdan biodizel olishda anʼanaviy uslublarni oʻzgartirish va takomillashtirish zaruriyati asoslangan. Tajribalar davomida kislotali katalizator ($H_2SO_4$) ishtirokida metanol bilan esterifikatsiya qilish jarayonining harorat va vaqt koʻrsatkichlari optimallashtirildi. Sharoitlarni tizimli oʻzgartirish natijasida jarayon samaradorligi 96.2% gacha oshirilib, mahsulot tarkibidagi EYK miqdorini 1.3% gacha pasaytirishga erishildi va bu keyingi bosqichda yuqori sifatli biodizel olish uchun zamin yaratadi.
References
1.Knothe, G., Razon, L. F. (2017). Biodiesel fuels. Progress in Energy and Combustion Science, 58, 36-59.
2.Atabani, A. E., et al. (2012). A comprehensive review on biodiesel as an alternative energy resource and its characteristics. Renewable and Sustainable Energy Reviews, 16(4), 2070-2093.
3.El-Mashad, H. M., et al. (2008). Production of biodiesel from cottonseed oil soapstock. Bioresource Technology, 99(11), 4907-4912.
4.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Standarti. GOST 5476-80: Yogʻlar va moylar. Kislota sonini aniqlash usullari.