ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASHDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK

Authors

  • Durdona Kamolova O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursanti

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.19082479

Keywords:

ochiqlik va shaffoflik, ariza, taklif, shikoyat, elektron murojaat, takroriy murojaat, murojaatning o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish prinsipi.

Abstract

Hozirgi zamonda fuqarolarning Ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchi ortib borayotgani soha xodimlaridan o‘z vazifalarini chin dildan, yuqori mas’uliyat va jonkuyarlik bilan bajarishni taqozo etmoqda. “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Ichki ishlar organlari xodimlarini davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili sifatida shakllantirish orqali xalqning chinakam roziligiga erishish mumkin. Bu jarayonda xodimlar xizmat vazifalariga halol, vijdonan va mas’uliyat bilan yondashib, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga qonun doirasida tezkor yechim topish va murojaatlariga o‘z vaqtida javob berishni ta’minlashi zarur. Ushbu tamoyil Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning markaziy g‘oyasidir. Maqolada mazkur oliy maqsadni samarali ro‘yobga chiqarishda yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etish va oldini olish yo‘llari, xususan, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Muammolarning ildiz sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning huquqiy, tashkiliy va nazorat mexanizmlari taklif etilgan.

References

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-407-son, 16.09.2016 y.).

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-445-son, 11.09.2017 y.).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil profilaktik tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son Qarori (20.01.2023 y.).

“Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar PQ-10-son qarori bilan tasdiqlangan).

Downloads

Published

2026-03-17

How to Cite

Kamolova, D. (2026). ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASHDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK. Development and Innovations in Science, 5(3), 57-60. https://doi.org/10.5281/zenodo.19082479