TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI: IJTIMOIY-SIYOSIY VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18933153Keywords:
jadidchilik, milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik, modernizatsiya, Turkiston, jamiyat, ta’lim, islohotAbstract
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston hududida vujudga kelgan jadidchilik harakati mintaqaning ijtimoiy va intellektual taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada jadidchilikning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy hamda ma’rifiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida jadidchilik harakatining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, jadidchilik dastlab ta’lim tizimini yangilash, savodxonlikni oshirish va jamiyat ongini uyg‘otishga qaratilgan ma’rifiy harakat sifatida yuzaga kelgan. Biroq mustamlakachilik siyosati va ijtimoiy-siyosiy sharoit ta’sirida u asta-sekin kengroq ijtimoiy-siyosiy harakatga aylangan. Jadid ziyolilari ta’limni modernizatsiya qilish, diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘unlashtirish hamda jamiyatda faol fuqarolik ongini shakllantirish g‘oyalarini ilgari surganlar. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, jadidchilik faqat ma’rifatparvarlik harakati emas, balki Turkiston jamiyatining modernizatsiyasi va milliy uyg‘onish jarayonlariga asos bo‘lgan keng qamrovli ijtimoiy harakatdir.
References
A’zamxo’jayev S. Turkiston Muxtoriyati. T.: Ma’naviyat. 2000.-B:6.
Ashurova X.S. Samarqand jadidlarining Chor-Rossiyasi mustamlakachilik siyosati to’g’risida. Samarqand davlat universiteti ilmiy axborotnoma.2021-yil, 6 – son.-B:73.
Tagoeva D.N. Ideas of Prosperous Life in The Thinking of Jadids. Central asian journal of literature, philosophy and culture volume: 02 Issue: 04 | April 2021. –B:21.
Абдивоҳидов С.А. Жадидчилик ҳаракатининг ижтимоий-сиёсий жиҳатлари ва ҳозирги замон. Фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори (phd) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. Samarqand-2020. –B:31
Беҳбудий. Tанланган асарлар Тузатилган ва тўлдирилган 2-нашри Тошкент “Маънавият” 1999. - B: 202.
Каримов H. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Т.: Ўзбекистон.2010. –B:2.
Қосимов Б. Миллий уйғониш:жасорат, маърифат, фидойилик.Т.: Маънавият. 2002. -Б:6.
Рахимова М.З. Абдурауф Фитратнинг aхлоқий-фалсафий таълимоти. фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори (phd) диссертацияси автореферати.-Samarqand-2022 –B;12