O‘ZBEK TILINING ZAMONAVIY RIVOJLANISHI VA UNING MILLIY MADANIYATDAGI O‘RNI. TILNING HIMOYASI VA TARAQQIYOT ISTIQBOLLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18617124Keywords:
O‘zbek tili, tilning himoyasi, milliy madaniyat, zamonaviy rivojlanish.Abstract
Ushbu ishda o‘zbek tilining zamonaviy rivojlanish jarayonlari, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda milliy madaniyatni shakllantirish va saqlashdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda globallashuv sharoitida o‘zbek tilining leksik, stilistik va funksional jihatdan boyib borishi, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya vositalarining til taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosni avloddan avlodga yetkazish va jamiyatda ma’naviy birlikni mustahkamlashdagi roli ochib beriladi. Ishda davlat tiliga e’tiborning kuchayishi, ta’lim tizimi va madaniy sohalarda tilning qo‘llanilishi masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur annotatsiya o‘zbek tilining zamonaviy davrdagi rivoji va milliy madaniyat bilan uzviy bog‘liqligini ilmiy jihatdan asoslashga qaratilgan
References
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi qonunlari. “Xalq ta’limi”.
Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23
Hozirgi o’zbek adabiy tili. T. 1996
Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963.
Mirzayev M., UsmonovS., Rasulov R. O’zbek tili. T. 1979. 1-2
Shodmonov E., Nafasov T. Hozirgi o’zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T. 1986
www.ziyonet.uz