MECHANISMS FOR DEVELOPING SOCIAL RESPONSIBILITY AMONG STUDENTS OF PRESCHOOL EDUCATION
DOI:
https://doi.org/10.5281/Keywords:
ijtimoiy mas’uliyat, maktabgacha ta’lim, bo‘lajak tarbiyachi, pedagogik mexanizm, kompetensiyaviy yondashuv, refleksiv faoliyat, kasbiy kompetensiya, volontyorlik faoliyati, integrativ yondashuv, tarbiyaviy jarayon.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari, ularning nazariy-metodologik asoslari hamda amaliy samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim paradigmasida bo‘lajak tarbiyachining nafaqat kasbiy kompetensiyasi, balki ijtimoiy mas’uliyat, fuqarolik pozitsiyasi, axloqiy qadriyatlar va jamiyat oldidagi javobgarlik hissi ham muhim kasbiy sifat sifatida e’tirof etilishi asoslab berilgan. Tadqiqot davomida kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, refleksiv va integrativ yondashuvlar asosida ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqilgan. Jumladan, ijtimoiy-pedagogik loyihalar, volontyorlik faoliyati, hamkorlikda ta’lim texnologiyalari, kasbiy vaziyatli topshiriqlar hamda refleksiv tahlil usullarining pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tizimli va maqsadli tashkil etilgan pedagogik faoliyat talabalar ijtimoiy faolligi, kasbiy javobgarligi hamda jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarga daxldorlik hissining rivojlanishiga xizmat qiladi. Maqola natijalari oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlash jarayonini takomillashtirishda metodik asos sifatida foydalanilishi mumkin.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. – Toshkent, 2022.
2.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020.
3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti to‘g‘risida”gi Qarori. – Toshkent, 2020.
4.Avloni A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. – 160 b.
5.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 b.
6.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 56 b.
7.Asmolov A.G. Psixologiya lichnosti: kulturno-istoricheskoe ponimanie razvitiya cheloveka. – Moskva: Smysl, 2019. – 448 s.
8.Bondarevskaya E.V. Lichnostno-orientirovannoe obrazovanie: teoriya i praktika. – Rostov-na-Donu: Feniks, 2018. – 352 s.
9.Zimnyaya I.A. Klyuchevye kompetensii kak rezultativno-tselevaya osnova kompetentnostnogo podxoda v obrazovanii. – Moskva: Issledovatelskiy tsentr problem kachestva podgotovki spetsialistov, 2017. – 40 s.
10.Leontyev A.N. Deyatelnost. Soznanie. Lichnost. – Moskva: Akademiya, 2018. – 304 s.