“ZAMONAVIY O‘ZBEK ROMANCHILIGIDA AXLOQIY-ESTETIK QARASHLAR (“QO‘RQMA” ROMANI ASOSIDA)”
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18068401Keywords:
“Qo‘rqma” romani, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, adabiy tanqid, axloq va ma’naviyat, milliy qadriyatlar, badiiylik, ayol obrazi, zo‘ravonlik, fohishalik, ommaviy madaniyat, estetik mezonlar, yosh kitobxon tarbiyasi.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining e’tiborli namoyandalaridan biri Javlon Jovlievning “Qo‘rqma” romani tahlil qilinadi. Muallif asarni axloq, ma’naviyat va milliy qadriyatlar mezonlari asosida baholab, romanda tasvirlangan voqealar va obrazlarning jamiyat ongiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’siriga e’tibor qaratadi. Maqolada romandagi badiiy uslub, axloqiy-me’yoriy muammolar, ayol obrazi, oilaviy munosabatlar, zo‘ravonlik va fohishalik motivlarining ochiq tasviri tanqidiy ruhda yoritilgan. Shuningdek, asarda milliy mentalitet va an’anaviy qadriyatlarga zid holatlar ko‘pligi, bu esa yosh kitobxonlar dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi asoslab beriladi. Muallif roman nomi, g‘oyaviy yo‘nalishi hamda targ‘ib qilinayotgan mazmun o‘rtasidagi nomutanosiblik masalasini ham muhokama qiladi. Maqola adabiy tanqid, axloq va estetik mezonlar nuqtai nazaridan yozilgan bo‘lib, asarni baholashda muqobil qarashlarni ilgari suradi.
References
Jovliyev J. Qoʻrqma. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 2022.
Qosimov B. Zamonaviy oʻzbek adabiyoti masalalari. – Toshkent: Fan, 2018.
Quronov D. Adabiy tanqid va badiiy tafakkur. – Toshkent: Akademnashr, 2016.
Normatov U. Badiiy asar tahlili asoslari. – Toshkent: Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2014.
Rahimjonov N. Adabiyot va maʼnaviyat uygʻunligi. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2019.
Ibrohimov H. Axloq va estetika muammolari. – Toshkent: Fan, 2015.
Toʻlakov A. Milliy qadriyatlar va zamonaviy adabiyot // Oʻzbek tili va adabiyoti jurnali. – 2020. – №4. – 45–52-betlar.
Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2008.