O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17230716Keywords:
O‘zbekiston, eng yangi tarixi, Mustaqillik, Konstitutsiya, milliy ramzlar, bozor iqtisodiyoti, so‘m, islohotlar, ta’lim, madaniyati, Yangi O‘zbekiston, Harakatlar strategiyasi, Shavkat Mirziyoyev.Abstract
O‘zbekistonning eng yangi tarixi 1991-yilda davlat mustaqilligining e’lon qilinishi bilan boshlanadi. Bu davr mamlakat hayotida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda tub burilishlar davri bo‘ldi. Eng avvalo, mustaqil davlat ramzlari – bayroq, gerb va madhiyaning qabul qilinishi, Konstitutsiyaning tasdiqlanishi milliy davlatchilikning asosini yaratdi. Iqtisodiy sohada bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish, milliy valyuta – so‘mining muomalaga kiritilishi, qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirish borasida muhim islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim, fan va madaniyat sohalarida milliy qadriyatlarni tiklash, yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratildi. 2016-yildan boshlab O‘zbekiston taraqqiyotida yangi bosqichlari boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Miromonovich rahbarligida ochiqlik, oshkoralik va xalq bilan muloqot tamoyillari ustuvor yo‘nalishiga aylandi. “Harakatlar strategiyasi” hamda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” asosida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda.
References
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997
Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
O‘zbekiston tarixi (eng yangi davr). Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2019.
Hasanov B., Rajabov Q. O‘zbekistonning eng yangi tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.
Raxmonov S. Mustaqillik davri tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari to‘plami. – Toshkent: Adolat, turli yillar.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2005