SOVET XOKIMIYATI DAVRIDA SURXON VOHASIDA PAXTACHILIK TARMOG’INING YANADA KUCHAYISHI

Authors

  • Dilaram Yaqubova Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti «Tarix va falsafa» kafedrasining professori

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.17249508

Keywords:

Paxta yakkahokimligi, Surxondaryo vohasi, islohotlar, iqtisodiy liberallashtirish, ekologik muammolar, Orol dengizi, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish.

Abstract

Ushbu maqolada Surxondaryo vohasida paxta yakkahokimligi siyosati natijasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik hamda siyosiy ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ishda, asosan, XX asrning 20-30-yillarida Sovet Ittifoqi davrida O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida paxta yetishtirishga qaratilgan markazlashgan siyosatning ta’siri, uning iqtisodiyotga, ekologiyaga va aholi turmush darajasiga oqibatlari tahlil qilinadi. Paxta yakkahokimligi natijasida qishloq xo‘jaligi tuzilmasidagi o‘zgarishlar, suv resurslarining haddan tashqari ishlatilishi va Orol dengizi fojiasiga olib kelgan ekologik muammolar alohida e’tibor markazidadir. Shu bilan birga, mustaqillik yillarida ushbu siyosatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar, xususan, iqtisodiy liberallashtirish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va mahalliy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Surxondaryo viloyatida paxta yakkahokimligining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’siri, shuningdek, islohotlarning mintaqa rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi.

References

«Surxondaryo» albomi. -T.: Sharq, 1997, 220 bet

Lenin bayrog‘i, 1970, 8 aprel.

Surxondaryo VDA, 18-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 133-ish, 29-varaq.

Qobilov E.O. Surxondaryo sanoatining ilk odimlari.-Termiz.; «Jayxun», 1993 y. 114 -b.

Jaloliddin Mirzayev. «Termiz tarixi» kitobi. «Sharq» 2001.120 bet.

Tursunov S.N. Qobilov E.O. Pardayev T.R.Murtazayev Z.M., Surxondaryo tarix ko‘zgusida -T., «Sharq» 2001 y.313-377 bet.

Downloads

Published

2025-08-31

How to Cite

Yaqubova, D. (2025). SOVET XOKIMIYATI DAVRIDA SURXON VOHASIDA PAXTACHILIK TARMOG’INING YANADA KUCHAYISHI. Science and Innovation in the Education System, 4(11), 80-85. https://doi.org/10.5281/zenodo.17249508