MUSTAQIL O‘ZBEKISTONDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDA ICHKI ISHLAR TIZIMINING ROLI
DOI:
https://doi.org/10.5281/Keywords:
jamoat tartibi, jamoat xavfsizligi, ichki ishlar organlari, huquq-tartibot, profilaktika, fuqarolik jamiyati, mahalla instituti, huquqbuzarliklar, davlat siyosati.Abstract
Mazkur tezisda mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda ichki ishlar tizimining tutgan o‘rni hamda roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘nggi yillarda sohaga joriy etilgan huquqiy-tashkiliy islohotlar, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyalari doirasida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi hamda profilaktika inspektorlarining jamoatchilik bilan hamkorlik qilish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, ichki ishlar tizimini xalqchil tuzilmaga aylantirish, qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi tizimli muammolar hamda ularni takomillashtirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni. “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2940-son Qarori. “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. lex.uz.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son Qarori. “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”. lex.uz.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son Qarori. “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. lex.uz.
6. Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirishning ayrim jihatlari // Ilmiy maqola. CyberLeninka.