MA’MURIY OGOHLANTIRISH JAZOSINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20205447Keywords:
ma’muriy javobgarlik, ma’muriy ogohlantirish, ma’muriy tanbeh, ma’muriy majburlov choralari, huquqiy profilaktika, yuridik fakt, jarima ballari tizimi, qonunchilikni liberallashtirish.Abstract
Ushbu maqolada ma’muriy javobgarlik tizimida ogohlantirish institutining o‘ziga xos huquqiy tabiati, uning jazolovchi va ijtimoiy-profilaktik xususiyatlari kompleks tahlil qilingan. Xususan, ogohlantirishning huquqiy oqibat tug‘diruvchi yuridik fakt sifatidagi mohiyati va bu boradagi xorijiy hamda mahalliy olimlarning turli konseptual yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida amaldagi qonunchilikdagi “ma’muriy ogohlantirish” atamasini yuridik psixologiya va lingvistik nuqtai nazardan “ma’muriy tanbeh” tushunchasiga o‘zgartirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan.References
MJtKga kiritilgan 241-moddaga muvofiq, ma’muriy ogohlantirish vakolatli organ yoki mansabdor shaxs tomonidan huquqbuzarga qonunga xilof xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida rasmiy tanbeh berish shaklida, yozma yoki elektron tarzda amalga oshiriladigan jazo turi sifatida e’tirof etildi.
Ilmiy doiralarda ma’muriy ogohlantirishning huquqiy tabiati bo‘yicha turli xil yondashuvlar va keskin polemikalar mavjud bo‘lib, bu borada hanuzgacha yagona konseptual to‘xtamga kelinmagan.
A.G.Grishakov va Ye.A.Fedyayevlar haqli ravishda ta’kidlaganidek, ogohlantirish davlatning jazolovchi sanksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi va u albatta yozma shaklda rasmiylashtirilishi shart, og‘zaki tarzda berilgan tanbehlar esa, hech qachon ma’muriy jazo tarkibiga kirmaydi.
Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima ballari tiziming joriy etilishi (MJtKning 341-m.) va ma’muriy ogohlantirish institutining bir-biriga uyg‘unlashuvi profilaktikaning eng zamonaviy, shaffof usullaridan biri sanaladi.
Ma’muriy ogohlantirishning yana bir eng muhim o‘ziga xos xususiyati uning protsessual rasmiylashtirilishi bilan bevosita bog‘liqdir.

Downloads
Published
2026-05-15
Issue
Section
Статьи
How to Cite
Aliyarov, S. (2026). MA’MURIY OGOHLANTIRISH JAZOSINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI TAHLILI. Theoretical Aspects in the Formation of Pedagogical Sciences, 5(9), 43-46. https://doi.org/10.5281/zenodo.20205447