SUD HOKIMIYATINING MUSTAQILLIGI VA XOLISLIGINI TA’MINLASH KAFOLATLARI: UKRAINA DAVLATI MISOLIDA
Аннотация
Maqola Ukrainada sudning mustaqilligi va xolisligi standartlarini, huquq ustuvorligining asosiy tarkibiy qismlari sifatida, Ukrainaning Yevropa integratsiyasi kontekstida o‘rganishga bag‘ishlangan. Olimlarning ilmiy tahlili e’tibori sudyalar mustaqilligini ta’minlash mexanizmlari, Ukraina sud tizimi duch kelayotgan amaliy muammolar hamda milliy huquqiy tizimga implementatsiya qilinishi lozim bo‘lgan xalqaro-huquqiy standartlarga qaratilgan. Tаdqiqotchilar ta’kidlaydilarki, sud hokimiyatining mustaqilligi nafaqat Ukraina Konstitutsiyasida mustahkamlangan rasmiy talab, balki demokratik huquqiy tartibning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi institutsional kafolat hamdir. Biroq, sud islohoti natijasida erishilgan sezilarli yutuqlarga qaramay, amaliyotda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining ko‘plab buzilishlari saqlanib qolmoqda. Xususan, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan sudga bosim o‘tkazishga, muayyan ishlarni ko‘rib chiqishga aralashishga yoki sudyalarni tayinlash va lavozimdan ozod etish tartib-taomillarini manipulyatsiya qilishga urinishlar haqida so‘z bormoqda.
Ключевые слова
mustaqillik, xolislik, sud, sudya, sud hokimiyati, xalqaro standartlar, adolatli sudlov huquqi.
Библиографические ссылки
- Universal Declaration of Human Rights, 1948.
- International Covenant on Civil and Political Rights, 1966.
- Convention for the Protection of Human Rights and Fundamental Freedoms (European Convention on Human Rights), 1950.
- Bangalore Principles of Judicial Conduct, 2002.
- UN Human Rights Committee General Comment No. 32.
- Committee of Ministers of the Council of Europe, Recommendation CM/Rec (2010) 12 on judges: independence, efficiency, and responsibilities.
- Venice Commission Reports on the Independence of the Judiciary.
- Consultative Council of European Judges, Opinion No. 1.
- European Charter on the Statute for Judges, 1998.
- Case law of the European Court of Human Rights