Перейти к главному меню навигации Перейти к основному контенту Перейти к нижнему колонтитулу сайта

BOBUR OBRAZI G‘ARB NIGOHIDA: FLORA ANNIE STILL VA TARIXIY REKONSTRUKSIYA

Аннотация

Maqolada ingliz yozuvchisi Flora Annie Stillning “Jahongashta qirol” romanida Zahiriddin Muhammad Bobur obrazining adabiy-estetik talqini tahlil etilgan. Tadqiqotda Bobur shaxsiyatining turli qirralari, jumladan, o‘yinqaroq bola, hassos shoir, xushovoz xonanda hamda oshiq sifatidagi tasvirlari asardagi badiiy vositalar orqali qanday yoritilgani tahliliy asosda ko‘rib chiqilgan. Ushbu obrazning yaratilishida muallif tomonidan qo‘llanilgan psixologik tasvirlar, poetik ifodalar va dramatik voqealilik elementlari alohida e’tiborga olingan. Tadqiqot davomida kontekstual va poetik tahlil usullaridan foydalanilgan hamda Flora Stillning Sharqiy tarixiy shaxsni G‘arbiy adabiy-estetik mezonlar orqali badiiy rekonstruksiya qilishdagi yondashuvi aniqlangan. Natijada, Bobur obrazining badiiy qiyofasi va uning g‘arb adabiyotidagi talqini estetik jihatdan ochib berilgan.

Ключевые слова

Bobur shaxsiyati, aruz vazni, “Boburnoma“, g‘arbona yondashuv, to‘qima obrazlar, yozuvchi munosabati.

PDF

Библиографические ссылки

  1. Bobur, Z.M. (2023). Boburnoma. V.Rahmonov&K.Mullaxo‘jayeva tabdili. Toshkent: O‘zbekiston.
  2. Crane&Johnston. (2007). Flora Annie Steel in the Punjab. Writing, travel, and empire: In the margins of anthropology. London: I.B.Tauris.
  3. Still, F.A. (1912). King-errant. London: John Lane the Bodley Head Limited. Tonbridge Printers.
  4. Still, F.A. (1930). Garden of fidelity: Being the autobiography of Flora Annie Still. London: Macmillan and Co., Limited.