YANGI AVLOD MULTISIKLONLARINING SODDALASHTIRILGAN KONSTRUKSIYALARI VA ULARNING EKOLOGIK TA’SIRINI KAMAYTIRISHDAGI O‘RNI
Аннотация
Yangi avlod multisiklon qurilmalarini sanoat korxonalarida qo‘llash amaliyoti so‘nggi yillarda kengayib, havo tarkibidagi chiqindi gazlar va ifloslantiruvchi zarrachalarni samarali ushlab qolish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilmoqda. An’anaviy siklon tizimlari ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lsa-da, mayda zarrachalarni samarali ajratish, bosim yo‘qotilishini kamaytirish va ekspluatatsiya xarajatlarini optimallashtirish nuqtayi nazaridan izchil takomillashtirishga muhtoj edi. Shu sabab, bir nechta siklon elementlarini bitta konstruktsiyaga birlashtirgan holda, aerodinamik oqim yo‘llarini yangicha loyihalashtirgan multisiklon texnologiyalari rivojlana boshladi. Bunday qurilmalar konstruksiyasi ilg‘or modulli yondashuv, oqim taqsimotining silliq shakllar bilan optimallashtirilishi, ichki devorlarga qo‘llaniladigan maxsus materiallar va boshqa yechimlar asosida, chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini jiddiy qisqartiradi.
Библиографические ссылки
- Yusupov, A. “Chang-gaz aralashmalarini tozalashning aerodinamik usullari.” O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi To‘plami, 2019, №3, b. 45–54.
- Turobov, E. “Multisiklon qurilmalarida chiqindi gazlarni tozalash samaradorligi va uni oshirish usullari.” Texnika fanlari jurnali, 2021, №4, b. 60–65.
- Feinberg, A. Industrial Ventilation Design Guidebook. Elsevier, 2018.
- Perry, R.H. va Green, D.W. (tahr.). Perry’s Chemical Engineers’ Handbook. 8-nashr, McGraw-Hill, 2008.
- Kalandarov, Sh. “Multisiklon qurilmalarida energetik samaradorlikni oshirish masalalari.” Oliy ta’lim muassasalari ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 2022, b. 112–118.