PROFILAKTIKA INSPEKTORINING VAKOLATLARI VA VAZIFALARI: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIDA BELGILANGAN HUQUQIY ASOSLAR VA AMALIY FAOLIYATIDA BAJARILADIGAN MAJBURIYATLARNING TAHLILI.
DOI:
https://doi.org/10.5281/Abstract
O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda profilaktika inspektori instituti muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar, jumladan, xotin-qizlar bilan ishlashda profilaktika inspektorining vakolatlari va vazifalari ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlarning samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Ushbu paragrafda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan profilaktika inspektorining vakolatlari va vazifalari hamda ularning amaliy faoliyatida bajariladigan majburiyatlari huquqiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.