TALABALARDA IRODAVIY SIFATLARNI SHAKILLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19182962Abstract
Iroda inson ehtiyojlari ta’sirida yuzaga keladigan hamda biror faoliyat jarayonida aniq ko‘rinadigan ixtiyoriy harakatlar majmuidir. Zamonaviy psixologiyada irodaviy sifatlar muammosi bo‘yicha ko‘plab ilmiy konsepsiyalar va yondoshuvlar yaratilgan bo‘lsada, xali-hanuz uni tushuntiruvchi yagona ta’rif mavjud emas. Insonga xos irodaviy sifatlar va uning shakllanishi masalasi bilan bog‘liq qarashlarda ko‘plab qarama-qarshi fikrlar mavjud. Bundan tashqari, irodaviy sifatlar masalasida ko‘plab ilmiy konsepsiyalar mavjud bo‘lib, ularda muammo borasidagi o‘ziga xos qarashlarni uchratish mumkin. Iroda psixologiyada o‘rganilishi jihatdan eng murakkab sanalgan tushunchalardan biridir. Shu boisdan, iroda ilmiy manbalarda mustaqil psixik jarayon sifatida ham, boshqa asosiy psixik hodisalarning tarkibiy qismi sifatida shuningdek, xatti-harakatlarni mustaqil asosda nazorat qilishning o‘ziga xos qobiliyati sifatida ham, talqin etiladi.
References
I. Xayriev “Irodaviy sifatlar tadqiqoti”. – Toshkent, “Mumtoz so’z ”, 2013. – 106b
2I “Xayriev Iroda psixologiyasi” Toshkent, 2010. 56-62 betlar
V.M. Karimova “Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot”. O‘quv qo‘llanma.- T.: Universitet, 1999 – 96 b.