http://econferences.ru/index.php/tafps/issue/feed Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences 2026-04-14T09:25:18+03:00 Open Journal Systems
The British open conference that publishes original research and review articles in a variety of fields. The main goal is to offer an intelligent platform for international scientists and to develop interdisciplinary research in applied sciences. Conference languages: Belarusian, Russian, english, Maldaski, Kazaқsha, o’zbek, limba romвnă, Kyrgyz tili, Հայերեն
http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38570 TEACHER-STUDENT INTERACTION: KEYS TO EFFECTIVE LEARNING 2026-04-06T08:22:32+03:00 Shohsanam Chorshanbiyeva shohsanamelmurodovna888@gmail.com
Teacher-student interaction is a key factor in effective learning. Positive communication, active listening, and constructive feedback help students feel supported, motivated, and engaged. Challenges such as large class sizes, limited communication skills, and cultural differences can reduce interaction quality. This study investigates strategies to enhance teacher-student interaction in high school biology classrooms and online learning environments. The findings indicate that small group work, active participation, timely feedback, and digital tools significantly improve learning outcomes and student engagement.
2026-04-06T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38587 KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING INTERNETGA QARAMLIGI VA UNING OQIBATLARI 2026-04-06T11:20:18+03:00 Dilfuza Karamatova info@econferences.ru Farangiz Toshtemirova info@econferences.ru
Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning internetga qaramlik muammosi, uning sabablari va salbiy oqibatlari koʻrib chiqildi. Internetning inson tafakkuri, axloqi va ijtimoiy hayotiga taʼsiri yoritilgan.
2026-04-06T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38601 ZAMONAVIY SIVILIZATSIYA VA INSON MA’NAVIYATI INQIROZI 2026-04-06T11:56:43+03:00 Xurshid Samatov info@econferences.ru Sohibjon Xalilov info@econferences.ru
Maqolada zamonaviy sivilizatsiyaning inson hayotiga ta’siri va uning ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liq inqirozi tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar, globalizatsiya va urbanizatsiya jarayonlari insonning ichki dunyosi, axloqiy mas’uliyati va ijtimoiy munosabatlariga ta’sir qilishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada ma’naviy inqiroz sabablari va uni yengish yo‘llari, jumladan ta’lim tizimi, madaniy meros va axborot madaniyati orqali yechim topish tavsiya etiladi.
2026-04-06T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38624 YOSHLAR TARBIYASIDA MILLIY G‘OYA VA MAFKURA 2026-04-06T12:38:10+03:00 Xurshid Samatov info@econferences.ru Mansurbek Sa’dullayev mansurbeksadullayev256@gmail.com
Mazkur maqolada yoshlar tarbiyasida milliy g‘oya va mafkuraning ahamiyati tahlil qilinadi. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining mafkuraviy tarbiya jarayonidagi o‘rni, axborot xurujlari va mafkuraviy tahdidlar sharoitida yoshlarning ongini himoya qilish masalalari yoritiladi. Shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi.
2026-04-06T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38667 BOSHLANGʻICH SINFLAR DARS JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH 2026-04-08T07:21:19+03:00 Gulrux Shomuratova info@econferences.ru
Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli vositalar, interfaol metodlar va pedagogik innovatsiyalarning oʻquv samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari koʻrib chiqilgan. Maqolada innovatsion texnologiyalarning oʻquv motivatsiyasini kuchaytirish, bilim sifatini oshirish va talabalarning kognitiv faolligini rivojlantirishdagi samaradorligi nazariy jihatdan baholangan.
2026-04-07T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38695 MEHMONXONA BRENDI RAMZLARI, RITUALLARI VA AFSONALARI: XODIMLAR XULQIGA TA’SIRI 2026-04-09T11:17:21+03:00 Muhammaddiyor Abdualimov info@econferences.ru
Ushbu tezis mehmonxona brendi va uning elementlari – ramzlar, rituallar va afsonalar – xodimlarning ish faoliyati, motivatsiyasi va mijozlar bilan munosabatiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tezisda brend ramzlarining vizual va madaniy jihatlari, kundalik ish rituallari va mehmonxona afsonalari xodimlarning sodiqligi, jamoa ruhini shakllantirish va xizmat sifatini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Ish davomida so‘rovnomalar, intervyular va statistik tadqiqotlardan foydalangan holda brend elementlarining xodimlar xulqiga ijobiy ta’siri ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari shuni bildiradiki, brendni tizimli qo‘llash xodimlarning ish samaradorligini oshirish, guruh ruhini mustahkamlash va mijozlarga yuqori sifatli xizmat taqdim etishda muhim vosita hisoblanadi.
2026-04-08T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38700 DAVLAT XARIDLARIDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISHDA ELEKTRON PLATFORMALARNING ROLINI TAKOMILLASHTIRISH 2026-04-09T15:18:49+03:00 Dilmurod Niyazxodjayev info@econferences.ru
Mazkur maqolada davlat xaridlarida korrupsiyani oldini olishda elektron platformalarning o‘rni, ularning amaldagi afzalliklari va institutsional cheklovlari ilmiy-nazariy hamda normativ-huquqiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, elektron xarid tizimlari shaffoflikni oshirish, inson omilini qisqartirish, tanlov jarayonlarini standartlashtirish va nazorat organlari uchun real vaqt rejimidagi monitoring imkoniyatlarini yaratish orqali korrupsiya xavfini sezilarli kamaytiradi. Biroq elektronlashtirishning o‘zi yetarli emas: ochiq ma’lumotlar standartlari, bozor narxlarini avtomatik solishtirish, risk indikatorlari, mustaqil shikoyat mexanizmi va jamoatchilik nazorati bilan uyg‘unlashgandagina uning samarasi ortadi. O‘zbekiston tajribasi ham elektron platformalarni yanada takomillashtirish, ayniqsa narx monitoring va ochiq ijro nazoratini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
2026-04-08T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38701 “PEDAGOGICAL FEATURES OF COGNITIVE DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE” 2026-04-09T15:21:43+03:00 Lola Utasheva info@econferences.ru Nazira Khaitova info@econferences.ru
This article presents a theoretical analysis of the research of cognitive sphere of preschool children by scientists.
2026-04-08T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38704 CHINGIZ AHMAROVNI SAN’AT RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI 2026-04-10T05:59:29+03:00 Zulfiya Abdurashidova info@econferences.ru
Bu maqolada  o‘zbek tasviriy san’atida muhim o‘rin egallagan rassom Chingiz Ahgmarov haqida o‘rganamiz. Tadqiqotda rassomning milliy tassviriy san’atda rivojiga qo‘shgan hissasi, Sharq madaniyati ayol go‘zalligi, milliy raqs shular xadida ko‘riladi.  Rassomning monumental  rangtasvir, devoriy suratlar  va kitob bezagi sohasidagi mehnatlari, milliy an’analarga asoslangan badiiy uslubi va Sharq san’ati bilan uyg‘unlashgan kompozitsiyalari ilmiy jahatdan o‘rganiladi. Shu bilan birga rassom ijodini xalqaro san’at maydonidagi o‘rni ham o‘rganiladi.
2026-04-09T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38705 RANGLARNING INSON HAYOTIDAGI TUTGAN O‘RNI 2026-04-10T06:01:23+03:00 Shahnoza Baybabayeva info@econferences.ru
Ushbu maqola ranglarning inson hayotidagi psixologik, estetik, ijtimoiy ahamiyatini ilmiy asosda o‘rganadi. Ranglarning inson ruhiyati, xulq atvori va kundalik faoliyatiga ta’sirini tahlil qiladi. Rang inson ongiga kuchli ta’sir ko‘rsatishini va turli sohalarda muhim vosita sifatida qo‘llaniladi.
2026-04-09T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38712 MEHMONXONA IMIJI VA OBRO‘SI: XODIMLAR BREND TASHUVCHILARI SIFATIDA, SHARHLAR(OTZIV) BILAN ISHLASH. 2026-04-10T06:11:48+03:00 Aziza Jafarova info@econferences.ru Xusnora Tuxtamishova info@econferences.ru
Hozirgi kunda turizm sohasi jadal rivojlanib borayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Turizm rivojida mehmonxona xizmatlari muhim o‘rin egallaydi. Mehmonxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan uning imiji va obro‘siga bog‘liq. Mehmonxona imiji mijozlarda shakllanadigan umumiy tasavvur bo‘lib, xizmat sifati, xodimlarning muomala madaniyati hamda mehmonlarning fikr-mulohazalari orqali shakllanadi. Ayniqsa, xodimlarning professional faoliyati va internetdagi sharhlar mehmonxona obro‘siga katta ta’sir ko‘rsatadi. Mehmonxonaning yaxshi imiji turistlar sonining ortishiga, mijozlarning ishonchi va sodiqligini oshishiga xizmat qiladi. Zamonaviy turizmda mehmonxona brendi nafaqat xizmat sifati, balki xodimlarning muomala madaniyati va mijozlar bilan ishlash darajasiga ham bog‘liq. Ushbu tezisda mehmonxona imiji va obro‘sining turizm sohasidagi ahamiyati, xodimlarning mehmonxona brendini shakllantirishdagi roli hamda mehmonlarning internetdagi sharhlari bilan ishlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifati, xodimlarning professional muomalasi va mijozlar fikrlarini tahlil qilish mehmonxona imijini shakllantirishdagi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi.
2026-04-09T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38720 LUG'AT YARATISHDA MUHIM TAMOYILLAR 2026-04-10T06:40:56+03:00 Nilufar Murodullayeva murodullaevanilufar1398@gmail.com
Ushbu ilmiy tezisda lug‘at (leksikografik asar) yaratishning asosiy nazariy va amaliy tamoyillari tahlil qilinadi. Leksikografiya sohasida shakllangan ilmiy yondashuvlar asosida lug‘at tuzish jarayonining bosqichlari, prinsipial talablari hamda zamonaviy texnologiyalarning roli yoritiladi. Tadqiqotda ilmiy manbalarga tayangan holda lug‘atlarning tipologiyasi, makro va mikrostruktura xususiyatlari, foydalanuvchiga yo‘naltirilganlik darajasi hamda normativlik masalalari ochib beriladi.
2026-04-09T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38734 XO‘JANDIYNING “LATOFATNOMA” ASARIDA BADIIY MAHORAT VA G‘OYA UYG‘UNLIGI 2026-04-11T08:56:19+03:00 Maftuna Toʻxtayeva info@econferences.ru
Ushbu tezisda Xo‘jandiyning “Latofatnoma” asarining g‘oyaviy mazmuni, undagi badiiy mahorat namunalari, obrazlar tizimi hamda asarning adabiy-estetik ahamiyati tahlil qilinadi. Asarda insoniy fazilatlar, axloqiy qadriyatlar va estetik go‘zallik uyg‘un holda ifodalanganligi ilmiy asosda yoritiladi.
2026-04-10T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38735 TURIZMDA MADANIY MEROS VA QADRIYATLARNING OʻRNI VA AHAMIYATI 2026-04-11T08:58:44+03:00 Marjona Jumamurodova info@econferences.ru
Mazkur maqolada turizm sohasida madaniy meros va qadriyatlarning oʻrni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda nazariy va amaliy asoslar, tarixiy va zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, mintaqaviy va milliy olimlarning fikrlari keng yoritiladi. Madaniy merosning turizm rivojlanishiga ta’siri, turistik tajribaning boyishi va mahalliy hamjamiyatlar uchun ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar yaratishdagi roli ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mavjud bahs-munozaralar va tanqidiy yondashuvlar ham tahlil qilinadi.
2026-04-10T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38749 MA’MURIY PREYUDITSIYALI JINOYAT TARKIBINING OBYEKTIV VA SUBYEKTIV BELGILARINING YURIDIK TAHLILI 2026-04-13T10:15:12+03:00 Munira Azbergenova muniraazbergenova5@gmail.com Dildora Kamalova info@econferences.ru
Mazkur materialda ma’muriy preyuditsiyali jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv belgilarini aniqlash hamda ularning yuridik tahlili yoritilgan. Unda ma’muriy preyuditsiya institutining jinoyat huquqi nazariyasidagi rivojlanish tarixi, shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini baholashdagi o‘rni va mazkur institutga nisbatan turli huquqshunos olimlarning qarashlari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ma’muriy preyuditsiyali normalarning qo‘llanilish ko‘lami va ularning jinoyat turlari bo‘yicha tasnifi keltirilgan . Maqolada jinoyat subyekti sifatida ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni maxsus subyektlarning alohida guruhi sifatida e’tirof etish masalasi ilgari surilgan .
2026-04-13T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38775 MA’MURIY PREYUDITSIYALI JINOYAT TARKIBINING OBYEKTIV VA SUBYEKTIV BELGILARINING YURIDIK TAHLILI 2026-04-14T07:58:13+03:00 Munira Azbergenova muniraazbergenova5@gmail.com Dildora Kamalova info@econferences.ru
Mazkur materialda ma’muriy preyuditsiyali jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv belgilarini aniqlash hamda ularning yuridik tahlili yoritilgan. Unda ma’muriy preyuditsiya institutining jinoyat huquqi nazariyasidagi rivojlanish tarixi, shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini baholashdagi o‘rni va mazkur institutga nisbatan turli huquqshunos olimlarning qarashlari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ma’muriy preyuditsiyali normalarning qo‘llanilish ko‘lami va ularning jinoyat turlari bo‘yicha tasnifi keltirilgan . Maqolada jinoyat subyekti sifatida ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni maxsus subyektlarning alohida guruhi sifatida e’tirof etish masalasi ilgari surilgan .
2026-04-13T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38776 THE CLUSTER APPROACH AS A PEDAGOGICAL ISSUE IN THE FORMATION OF KEY COMPETENCIES IN FUTURE ENGLISH LANGUAGE TEACHERS 2026-04-14T08:00:35+03:00 Muyassar Ataboyeva muyassarataboyeva2@gmail.com
This thesis analyzes the issue of developing the key competencies that should be formed in future English language teachers based on the cluster approach as a pedagogical problem. It also highlights the effectiveness of using the cluster method in the educational process to develop students’ professional, communicative, and methodological skills.
2026-04-13T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026 http://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/38803 ISHBILARMON AMALIYOTIDA SOVG’ALAR VA GULLAR: “MIJOZLARGA ILTIFOT’’ 2026-04-14T09:25:18+03:00 A.J. Djafarova info@econferences.ru G. Ravshanova info@econferences.ru
Maqolada ishbilarmonlik amaliyotida sovg‘a va gullarning o‘rni yoritilgan. Sovg‘a va gullar mijozlar bilan iliq va samimiy munosabatlarni shakllantirish, kompaniya imidjini oshirish hamda raqobatchilardan ajralib turishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Sovg‘alar korporativ atributlar yoki shaxsiylashtirilgan esdalik buyumlari bo‘lishi mumkin, gullar esa estetik va madaniy ramz sifatida qo‘llaniladi. Ularni tanlashda sifat, tadbir va madaniyatga moslik, rang va gul turining ma’nosi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro ishbilarmonlikda turli mamlakatlarning urf-odatlari, rang va gul talqinlari farqlanishi, sun’iy gullarga munosabatning ham turlicha bo‘lishi ko‘rsatib o‘tiladi. To‘g‘ri tanlangan sovg‘a va guldasta nafaqat estetik bezak, balki hurmat, e’tibor va samimiy munosabat ramzi sifatida mijozlar bilan aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.
2026-04-13T00:00:00+03:00 Copyright (c) 2026